Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur xotira maydonida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi
15:45 / 2021-02-14

Andijondagi Bobur xotira maydonida viloyat ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi uchun Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 538 yilligiga bag‘ishlanib, “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi tadbiri o‘tkazildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqarma, bo‘lim boshliqlari hamda viloyat IIB apparati shaxsiy tarkibi, adabiyotshunos, shoir va yozuvchilar, Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyi o‘quvchilari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Abduvohid Imyaminov so‘z olib, “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlanib aynan Bobur xotira maydonida o‘tkazilgan tadbir ichki ishlar tizimi xodimlari, ayniqsa, yoshlar qalbida ulug‘ ajdodimizga bo‘lgan hurmat, ona Vatanimizga muhabbat, shuningdek, Bobur mirzoning Vatan shuhratini oshirish, tinchlik, bunyodkorlik borasida amalga oshirgan ishlaridan faxr-iftixor tuyg‘ularini  mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda adavbiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar tomonidan mamalakatimizda buyuk ajdodlarimiz, xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilayotganligi aytib o‘tildi.

Z. M. Bobur nomli Andijon viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari namoyish etgan saxna ko‘rinishlari, Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan o‘qilgan Bobur qalamiga mansub g‘azallar barchada katta taassurot qoldirdi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi tadbiri davomida Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshlig‘ining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlari bilan bir guruh xodimlarga navbatdagi unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir doirasida “Kitob savdo yarmarkasi” tashkil etildi.

O‘ziga xos tarzda tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilarning ma’naviyatini yuksaltirish, ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiga bo‘lgan hurmatini oshirish bilan birga, yoshlarni vatanparvarlik va umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

[gallery-1159]

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA