Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur va uning izdoshlari she’riyatida g‘azal janri
13:22 / 2021-12-16

Gulsanam Yorqulovna XOLIQULOVA filologiya fanlari nomzodi doktorant Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston gulsanamyorqulovna@mail.ru

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada Bobur va uning izdoshlaridan Bayramxon, Komron Mirzo, Humoyun Mirzo, Forig‘iy g‘azallari tadqiq etildi. G‘azallar sodda, tushunarli, hayotiy, xalq og‘zaki she’riyatiga yaqin bo‘lishi, hajman qisqaligi, hazaj va ramal bahrlarining yetakchiligi, mavzu jihatdan oshiqona, hasbi hol, falsafiy-orifona xarakterli ekanligi va mumtoz an’analarga qay darajada ijodiy yondashilganligi aniqlandi. Ularda XV asrgacha mavjud g‘azalnavislik va Navoiy va Bobur g‘azallariga izdoshlik bilan birga XVI asrning o‘ziga xos jihatlarining namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi.

Tayanch so‘zlar: Bobur, Bayramxon, Komron Mirzo, Humoyun Mirzo, Forig‘iy, adabiy maktab, g‘azal, uslub, hajm, mavzu, Navoiy va Boburga izdoshlik, o‘ziga xoslik.