English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur va Doniyor jahon rekordini yangiladi
09:44 / 2023-07-13

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib natijalarni qayd etmoqda.

Erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida hamyurtimiz Bobur Omonov 14 metr 73 sm natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir ahamiyatli jihati, vakilimiz ushbu natijasi orqali jahon chempionati rekordini ham yangiladi.

Shuningdek, T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan para atletimiz Doniyor Saliyev 7 metr 47 sm natija bilan navbatdagi oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi va u ham jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 7 metr 38 sm natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu para atletlarimiz "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA