French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur Omonov jahon chempionati shohsupasida
12:25 / 2025-09-30

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalga ega chiqdi.

Aniqrog‘i, erkaklar o‘rtasida F41 toifasidagi yadro uloqtirish bellashuvlarida hamyurtimiz Bobur Omonov 12,36 metr natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shu yo‘nalishda ishtirok etgan yana bir sportchimiz Boburjon Isomiddinov 9,79 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi.  

Shu tariqa, 24 yoshli Bobur Omonovning jahon chempionatlarida umumiy medallari soni to‘rttaga yetdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush.  

Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisobidagi medallar soni 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA