Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobur ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi
21:01 / 2024-09-17

Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, mazkur ko‘cha hududida yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 18 sentyabridan 15 oktyabrga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

N. Ziyodullayeva, O‘zA