Bu fikrni xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi O‘ktamjon Oxunov Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng O‘zA muxbiri bilan suhbatda bildirdi:
– Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrifi loyihalarning borishi va yangi tashabbuslar taklifi bo‘yicha muhim qadam bo‘ldi.
Andijondagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi xalq saylida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berish tashabbusi ilgari surilgani, ayniqsa, biz, andijonliklarni juda ruhlantirdi.
Bu galgi tashrifning boshqalaridan farqi ham ayni shu tarixiy voqea bilan bog‘liq deb aytish mumkin. Bobur Andijonga qaytdi, bu, albatta, xalqimizga ko‘tarinkilik, g‘urur baxsh etdi.
Tashrifning ikkinchi kunida tashkil etilgan yig‘ilishda Prezidentimizning Andijon taraqqiyoti yo‘lidagi tahlillari ham e’tiborimizni tortadi. Eng quvonarlisi, davlatimiz rahbari viloyat ahli mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng oldi qatorlarida ekanini ta’kidlaganlari, biz, nuroniylarga faxr-iftixor bag‘ishladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha mas’uliyat ham yuklaydi.
Hozirgi ziddiyatli zamonda O‘zbekiston o‘zining milliy taraqqiyotini davom ettirayotganini ko‘rish mumkin. Bu davlatimiz rahbari shijoati, oqilona siyosat natijasidir.
Batafsil YouTube ijtimoiy tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/9kx9PmSjdcQ" title="Bobur Andijonga qaytdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA