Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bobotog‘” tog‘larida qor, qir-adirlarida bahor
11:47 / 2026-02-12

Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” massivi maftunkor “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘i qo‘ynidagi so‘lim go‘sha. Ayni paytda bobotog‘liklar ikki fasl-qish ziynati va bahor tarovatidan bahra olmoqda.

Tabiat jonkuyarlarining aytishicha, shu kunlarda milliy tabiat bog‘ining baland tog‘lari oppoq qor qo‘ynida sokin mudramoqda. Nazoratchilar yovvoyi jonivorlarga ozuqa tarqatish bilan band. Tog‘ etaklarida bahor nafasi esmoqda. Tabiatning unsiz sir-sinoati qudrati bilan qir-adirlar uyg‘onib, bahor darakchisi boychechak bo‘y ko‘rsatdi. Qishloq odamlari dala yumushlarini boshlashga hozirlik ko‘rmoqda. 

Milliy tabiat bog‘i O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan. Dengiz sathidan 2 ming 290 metr balandlikdagi Zarkosa tog‘i tabiat bog‘ining eng baland cho‘qqisi sanaladi. Bir yo‘la yilning ikki faslini bag‘riga sig‘dira olgan betakror hududda Oqmachit, Chagam, Yangiobod qishloqlari bor. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri