FOTOREPORTAJ
Bobotog‘ – Surxondaryo viloyatining sharqidagi tog‘ tizmasi bo‘lib, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig‘ida shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga tomon Amudaryo sohiligacha cho‘zilgan. Uzunligi qariyb 125 kilometr, eni esa 30-40 kilometrdan iborat. Eng baland cho‘qqisi 2290 metrni tashkil etuvchi Zarkosa tog‘i. Asosan paleogen va yura davri ohaktoshlari, gil, alevrolit, qumtoshlardan tarkib topgan.
[gallery-16656]
Bobotog‘ iqlimi quruq va keskin kontinental. O‘rtacha yillik havo harorati tog‘ etaklarida 16 gradus, o‘rtacha balandliklarda 8-10 gradusni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 170 millimetrdan 350-400 millimetrgacha. Tog‘ yonbag‘rida buloqlar, qish va bahorda to‘lib oqib, yozda qurib qoladigan soylar bor. Bo‘z va jigarrang tog‘ tuproqlarida xilma-xil efemer, efemeroid o‘simliklar o‘sadi. 800-900 metr balandliklarda na’matak, zirk, bodom va pistazorlar uchraydi. Undan baland joylarda (Besharcha, Zarkosa tog‘lari) archazorlar bor. Bobotog‘ O‘zbekistonning yovvoyi tog‘ echkilari yashaydigan hududlaridan biri hisoblanadi. Tog‘oldida mol boqiladigan yaylovlar yastangan.
Kofarnihon vodiysida sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan. Bobotog‘da inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida eroziya, yaylov degressiyasi (yemirilishi) keng tarqalgan. Alohida muhofaza qilinishi zarur bo‘lgan landshaft ko‘p.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/6gN_U25qhis" title="Bobotogʻ manzaralari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA