Boborahim Mashrab kiygan chopon qayerda saqlanishini bilasizmi?
Tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab ezgulikka yo‘g‘rilgan g‘azallari bilan dovruq qozongan.
Namangan shahri Labbay tog‘a dahasi, Maddohxon mahallasida joylashgan hovlida aynan Mashrab yashaganini rus etnograf-tarixchisi Likoshinning qaydlari tasdiqlaydi. Tarixchining yozishicha, Mulla Bozor Oxund maqbarasidan 550 qadam masofada joylashgan Yangiariq va Namangansoy kesishgan joydagi yarim orolda Mashrab tavallud topgan.
Tarixshunos olimlar hamda mahalliy aholi fikriga ko‘ra, mazkur hovlida saqlanayotgan tarixiy chopon Boborahim Mashrabga tegishli ekanligi aytilmoqda.
[gallery-841]
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA