Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobolarga munosib avlod bo‘laylik
17:11 / 2024-04-15

Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori Durbibi Munosibova talaba yoshlar bilan hamkorlikda millatparvar, ma’rifatparvar, taraqqiyparvar jadid bobolarimizni xotirlab videorolik tayyorladi.

Vatan ozodligi yo‘lida o‘z tinchi va oromidan kechgan Vatan kelajagi yo‘lida jonini qurbon qilgan bobolarimiz nomini doim yod olish, ularga munosib farzand bo‘lish har bir yoshning zimmasidagi sharafli burch bo‘lishi lozim.  

Zero millat erki, vatan istiqloli  ulug‘ va muqaddasdir. Buni his qilib bobolarga xos ishlarga kamarbasta bo‘lib yashash, ular boshlab bergan ezgu amallarni davom ettirish yosh avlod zimmasidadir. Yurtboshimiz yoshlarga doim ishonch bilan qaragan. Bu ishonchni oqlash bizga doim kuch bag‘ishlagan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Jadid bobolarimiz ruhi bizlarga hamisha madadkor bo‘lsin.   

 <iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZLhn2AZY_sk" title="Bobolarga munosib avlod boʻlaylik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA