Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobolar ijodi yoshlarga ibrat
08:57 / 2024-02-15

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ulug‘ mutafakkir shoir bobolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlaridagi maktablar, oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, mahallalarda adabiy anjumanlar, uchrashuv va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbir Samarqand viloyatining  Toyloq tumanidagi  47-maktabda ham bo‘lib o‘tdi.  

Ijodiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir "Sharq yulduzi" va "Zvezda vostoka" jurnallarining muxbiri Muhammadsiddiq Rahmatov,"Tafakkur jurnali" jurnali xodimi,  shoir Nasrullo Ergash hamda  Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,  "Yoshlik" jurnali muxbiri Mansur Jumayev ishtirok  etdi.

Kechada Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, ibratli faoliyati,  ilm-fan,  madaniyat va san’at ahli, ehtiyojmand odamlarga ko‘rsatgan saxovatli ishlari, bunyodkorligi haqida so‘zlab berildi. 

Ijodiy kechada faol o‘quvchilarga  va maktab kutubxonasiga 300dan ziyod adabiy-badiiy, ma’rifiy  kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kabi adabiy anjumanlar yoshlarning buyuk shoir bobolarimiz ijodi, mumtoz adabiyotimizga, kitobxonlikka bo‘lgan mehrini tobora orttirishga xizmat qilishi, shubhasiz.  

          N.Usmonova, O‘zA muxbiri