Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Boʻston”da suv taʼminoti yaxshilanadi
08:50 / 2020-06-13

Umumiy qiymati 968 million soʻmlik loyiha asosida “Boʻston” mahallasidaichimlik suv inshooti oʻrnatilmoqda.

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Boʻston” mahallasi chekka hududlardan sanaladi. Bu yerda toza ichimlik suvi eng ogʻriqli muammolardan biri edi. Quvonarlisi, hademay boʻstonliklarni qiynab kelgan bu masala oʻz yechimini topish arafasida.

Umumiy qiymati 968 million soʻmlik loyiha asosida “Boʻston” mahallasidaichimlik suv inshooti oʻrnatilmoqda. 1-avgustga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan yangi inshoot tufayli 200 xonadonning obihayotga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.