Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘ston chinnisi xaridorgir
12:51 / 2016-01-06

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida 2 ming 860 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida 2 ming 860 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va imkoniyat yaratish, turli imtiyozlar taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar tadbirkorlarni yangi loyihalar ustida ishlashga undamoqda. Ayniqsa, qishloqqa sanoatning kirib borishi sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish imkonini berayotir.

Tumandagi “Bo‘ston chinnisi” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan chinni idishlar yuqori sifati va bejirim dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Dastlab, pishgan g‘isht ishlab chiqarish bilan faoliyat boshlagan korxona jamoasi mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, chinni sexi tashkil etdi.

– Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda, – deydi korxona rahbari Muxtor Sharipov. – Ilgari chinni idishlar chetdan keltirilar, ularni ishlab chiqarish o‘ta murakkab jarayondek tuyular edi. Ayni paytda qariyb 20 turdagi chinni buyumlar o‘zimizning sexda tayyorlanmoqda. 2013-yildan energetika tizimi uchun simyog‘och va boshqa uskunalarga mo‘ljallangan elektroizolyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Bugun ishchilarimiz soni qirqqa yaqinlashib qoldi.

Amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari ishlab chiqarish ko‘lami va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan sexga 150 million so‘m evaziga xorijdan gaz tejaydigan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgani ish unumdorligini yanada oshirdi.