Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘shagan yerlarda takroriy ekin undirib, 100 ming tonnadan ortiq turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘ib olindi
16:54 / 2017-12-12

Navoiy viloyati dehqonlari joriy yilda 97 ming tonna paxta, 103 ming tonnadan ortiq g‘alla, 700 tonnaga yaqin pilla yetishtirdi. Bo‘shagan yerlarda takroriy ekin undirib, 100 ming tonnadan ortiq turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘ib olindi.

Navoiy viloyati dehqonlari joriy yilda 97 ming tonna paxta, 103 ming tonnadan ortiq g‘alla, 700 tonnaga yaqin pilla yetishtirdi. Bo‘shagan yerlarda takroriy ekin undirib, 100 ming tonnadan ortiq turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yig‘ib olindi.

Navoiyda bo‘lib o‘tgan “Hosil bayrami” va Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida bu alohida ta’kidlandi.

Karmana tumanidagi “O‘zbegim” tantanalar saroyida tashkil etilgan bayram tadbirida Nurota, Xatirchi, Navbahor, Uchquduq tumanlari hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga xizmat mashinalari topshirildi. Bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

9 (2).JPG

– Joriy yilda paxtadan 56, g‘alladan 40 sentnerdan hosil olib, belgilangan rejani ortig‘i bilan bajardik, – deydi Xatirchi tumanidagi “Po‘lat bobo” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.Po‘latov. – Kelgusida faoliyatimizni kengaytirish evaziga issiqxona tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 50 sotix maydonda issiqxona qurishni boshlab yubordik.

Bayram tadbirida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.