Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Samarqandda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 100 ga yaqin korxona-tashkilot 1 ming 28 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Samarqandda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 100 ga yaqin korxona-tashkilot 1 ming 28 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.Samarqand shahar hokimligi, prokuraturasi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza, turli imtiyoz va kafolatlar yuzasidan zarur maslahat va tavsiyalar berdi.
–Siyob tibbiyot kollejini bitirganman, – deydi Maysazor mahallasida yashovchi Sevara O‘roqova. – Yarmarkada shahardagi 1-oilaviy poliklinikaga statist hamshira vazifasiga ishga yo‘llanma oldim. El salomatligini asrash yo‘lida xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.