Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Nukusda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 40 dan ziyod korxona va tashkilot 167 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Nukusda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 40 dan ziyod korxona va tashkilot 167 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Nukus shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy muhofaza siyosati aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Bunda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilayotgan e’tibor muhim ahamiyat kasb etayotir.
– Mehnat yarmarkasining o‘tkazilishi men kabi yoshlar uchun qulay imkoniyatdir, – deydi Nukus sanoat-transport kasb-hunar kollejini bitirgan Jarliqasin Yembergenov. – Men ham mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashganim va oilam byudjetiga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.
Tadbir doirasida tashkilotchilar va mutaxassislar fuqarolar bilan mehnat qonunchiligi, ularning huquqiy bilimini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazdi.