Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda yosh mutaxassislar ishga yo‘llanma oldi
17:47 / 2017-03-24

Nukusda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Nukusda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va oliy ta’lim muassasalari hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 38 korxona, tashkilot va muassasadagi 105 bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat namunalari namoyish etildi.

Yarmarkada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialini shu yil bitirayotgan 127 talabaning 32 nafariga ish joyiga yo‘llanma berildi.

– Bugungi tadbirda mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashish uchun shartnoma imzoladim, – deydi Muborak Quvvatova. – Universitetni tugatgach, Amudaryo tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida dasturchi bo‘lib ishlaydigan bo‘ldim.

Mehnat yarmarkasi ishtirokchilarining 12 nafari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi va tijorat banklariga imtiyozli kredit olish uchun tegishli hujjatlarni topshirdi.

Yarmarka davomida Nukus shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan taminlash to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq mehnat bozoriga yangidan kirib kelayotgan yosh bitiruvchi va ishsiz fuqarolarni o‘zlariga maqbul bo‘lgan ish bilan ta’minlash, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi.

Tijorat banklari va soliq idoralari xodimlari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga mikrokredit olish va soliq imtiyozlaridan foydalanish yuzasidan atroflicha tushuncha berdi.