Boʻlajak Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida
2020-yil 5-6-mart kunlari Oʻzbekistonda birinchi “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” boʻlib oʻtadi.
2020-yil 5-6-mart kunlari Oʻzbekistonda birinchi “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” boʻlib oʻtadi.
Mazkur eksklyuziv anjuman doirasida 1500 dan ziyod xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlari, investorlar, eksportchilar va xalqaro OAV xodimlari toʻplanishi kutilmoqda.
Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilmoqda.
Dasturiga koʻra, “Biznes uchun ochiqlik”, “Mintaqaviy munosabatlarni chuqurlashtirish”, “Texnologik innovatsiyalarni qoʻllash” kabi qator yoʻnalish va mavzular boʻyicha shoʻba yigʻilishlari tashkil etiladi.
Anjumanning asosiy tashkilotchisi – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, operatori – “Inter Forum” davlat unitar korxonasi.
Forumda ishtirok etish uchun www.tiif.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Manba: mfa.uz sayti