Bo‘lajak huquqshunoslar maskani
Jizzax huquqshunoslik kollejida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar tez-tez o‘tkazib kelinadi.
Jizzax huquqshunoslik kollejida Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar tez-tez o‘tkazib kelinadi.
Ushbu ta’lim maskanida 935 nafar o‘quvchi huquqshunoslik, xo‘jalik masalalari bo‘yicha huquqshunos, ijtimoiy muhofaza birinchi bosqich huquqshunosi, axborot-resurs markazi kutubxonachisi, arxiv va ish yurituvchi yo‘nalishlarida saboq olmoqda. “Konstitutsiya bilimdoni”, “Yosh huquqshunos”, “Islohotlar bilimdoni”, “Yosh adabiyotchilar”, “Yosh tarixchilar”, “Bo‘lajak tarjimon” kabi to‘garaklarda o‘g‘il-qizlar o‘z salohiyatini yanada oshirmoqda.