Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lajak harbiylar maskani
18:48 / 2016-01-08

Harbiy-telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyida o‘quvchilarning zamonaviy bilim egallashi, harbiy soha sirlarini puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Harbiy-telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyida o‘quvchilarning zamonaviy bilim egallashi, harbiy soha sirlarini puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Litseyimizda o‘quvchilar harbiylik ko‘nikmalarini egallashi va jismonan chiniqishi uchun imkoniyatlardan unumli foydalanadi, – deydi litsey direktorining harbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Qambarali Azizov. – Bu yerga umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlab, ixtisoslik fanlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar qabul qilinadi.

Litseyda ta’lim innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy usullarda olib borilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar oliy ta’lim muassasalarining dala mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylari, laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalari ofitserlari, olimlar va ixtisoslik fanlari bo‘yicha mutaxassislar jalb qilingan. O‘quvchilar harbiy intizom va ichki tartib asosida qurollardan to‘g‘ri foydalanish, guruhni mohirona boshqarish usullarini o‘rganib bormoqda.

Litsey bilan harbiy qismlar, serjantlar tayyorlash maktablari va oliy harbiy ta’lim muassasalario‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi, dam olishi, madaniy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini oshirishi uchun barcha qulaylik mavjud. Fan to‘garaklari, 13 ming 500 ga yaqin adabiyot va darslikka ega axborot-resurs markazi, zamonaviy komputerlar, laboratoriya asbob-uskunalari va ko‘rgazmali materiallar bilan jihozlangan xonalar yoshlar ixtiyorida.

Har yili litseyda "Eng ilg‘or guruh", "Eng ilg‘or vzvod" va fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantirib boriladi. Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar ularni faol bo‘lishga, fanlar va harbiy san’at sirlarini puxta o‘rganishga undamoqda.

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida nishonga otish, kurash, voleybol, basketbol singari sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Sport zali va maydonida ko‘plab sport turlari hamda boshlang‘ich harbiy mashqlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bu ishlar samarasida litsey o‘quvchilari mamlakat miqyosidagi turli sport musobaqalarida sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda. O‘tgan yili Farg‘onada harbiy akademik litseylar o‘rtasida o‘tkazilgan "Amir Temur avlodlari" harbiy sport bellashuvlarida litsey jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– Sport harbiylik kasbini egallashni niyat qilgan har bir yigitning yo‘ldoshi, – deydi litsey o‘quvchisi Ixroriddin Turg‘unov. – Prezidentimiz rahnamoligida biz, yoshlarning zamonaviy ta’lim olib, sport bilan shug‘ullanishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi "Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, harbiy litseyni tamomlagan o‘quvchilar Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ball olish imtiyoziga ega bo‘ladi.

Ushbu imtiyozdan foydalanib, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantiga aylanayotgan yoshlar safi ortmoqda. Azmiddin Ergashev shunday yoshlardan biri.

– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtiga o‘qishga kirishimda berilgan imtiyoz va litseyda olgan bilimim qo‘l keldi, – deydi u. – Maqsadim tanlagan soham bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish, kelajakda el-yurtimiz tinchligi va barqarorligini yanada mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilish.