Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BNQIZ: neft mahsulotlarini yuklaydigan va yetkazib berishni ta’minlaydigan estakada ish boshladi
12:16 / 2022-11-21

Buxoro viloyati Qoravulbozor tumanida nafaqat viloyat, balki mamlakatimizning boshqa hududlari uchun ham neft mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlaydigan neftni yuklash estakadasi (NYUE) ish boshladi.

Loyihaning ishga tushirilishi zavodga uning tayyor mahsulotlarini nafaqat Buxoro viloyatida, balki mamlakatimizning boshqa hududlarida ham sotish imkoniyatini kengaytirdi. Natijada yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Istemolchilarga neft mahsulotlarini nafaqat vagon sisternalarda, balki birja savdolari orqali kichik lotlarda maxsus avtotsisternalarda yetkazib berish, avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, yuqori sifatli brend neft mahsulotlarini saqlash sig‘imlari paydo bo‘ldi. Shuningdek, saqlash hamda temir yo‘l xarajatlari kamayishi hisobiga mashulot tannarxi arzonlashishiga erishiladi. Kamomad va mahsulot sifati buzilishi hamda talon-tarojliklar oldi olinadi.

Yirik texnik resurslarni jalb qilgan holda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borildi. Ushbu ob’ektni rekonstruksiya qilish ikki yil avval Buxoro neftni qayta ishlash zavodining neft mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarish doirasida boshlangan edi.

Loyihani amalga oshirilishida “O‘zlitineftgaz” AJ Bosh loyihalovchi, “Muborakneftgazmontaj” AJ Bosh pudratchi va “Neftegazmontaj” MCHJ ishtirok etdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari bilan birga Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bo‘linmalari ham jalb qilindi. Aynan ularning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlari tufayli ob’ekt qurilishi o‘z vaqtida yakunlandi.

Neftni yuklash estakadasi eng qisqa vaqt ichida rekonstruksiya qilindi. Ushbu inshoot qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Neftni yuklash estakadasi temir yo‘lga kirish yo‘llari, quyish-to‘kish estakadasi, elektron temir yo‘l tarozilari, nasos va o‘t o‘chirish stansiyalari, zamonaviy jihozlangan qozonxona va boshqa yordamchi inshootlarni o‘z ichiga olgan.

– Bunday loyihalarni amalga oshirish neft va gaz sanoatini rivojlantirish uchun yuqori iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega, – deydi “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev majmuaning ochilish marosimida. – Har biringizning faol mehnatingiz davlat sanoatining barqaror rivojlanishi uchun yangi yutuqlar bilan ko‘payaveradi.

Majmua umumiy maydoni 15,75 gektar bo‘lgan neftni yuklash estakadasi xom ashyoni qabul qilish, saqlash va tayyor mahsulotlarni jo‘natishga mo‘ljallangan. Bu yerda sisternalar va avtotsisternalarni quyish yoki to‘kish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishi ham mumkin.

Tadbirda loyihani amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan ishchi va xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zarif Komilov, O‘zA