Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BNQIZ jamoasi hasharda faol ishtirok etdi
14:08 / 2023-03-18

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan hasharda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Navro‘z – umumxalq bayramini munosib kutib olish uchun zavod ishchi-xodimlari erta tongdan birdam bo‘lib “Neftchilar” shaharchasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hududini obodonlashtirishga kirishishdi.

Tadbir doirasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Daraxtlarga shakl berildi, oqlandi. Ariq va zovurlar tozalandi. Shuningdek, sug‘orish ishlari ham olib borildi. Hududlarni tozalash ishlari tashkil etildi. Gul  va daraxt ko‘chatlari  o‘tqzildi.

Zarif Komilov, O‘zA