Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BNQIZ: AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 2200 tonnadan 2800 tonnaga yetkaziladi
12:45 / 2022-12-10

Buxoro Neftni qayta ishlash zavodi 2021 yilga nisbatan AI-80 rusumli avtobenzinning kunlik ishlab chiqarish hajmini 2200 tonnadan 2800 tonnaga, suyultirilgan gazni esa 14 532 tonnadan 15 700 tonnaga oshirmoqda.

Mamlakatimiz iste’molchilarini AI-80 rusumli avtobenzin va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Buxoro NQIZda korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan tezkor shtab tuzildi.

Korxonada tovar benzinlari va suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan ishlar tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Benzin ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oshirdi.

O‘z navbatida respublikamiz ichki bozorida neft-gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish nafaqat temir yo‘l vagonlari, balki yuk tashuvchi avtotsisternalarda ham amalga oshirilmoqda.

Maqsad iste’molchilarni sifatli mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va zarur zaxiralarni shakllantirishdan iborat.  

Zarif Komilov, O‘zA