Bangladesh Milliy partiyasi (BNP) 2024-yildagi talabalar qo‘zg‘oloni va mamlakatda 15 yil davomida avtoritar tizim o‘rnatgan Shayx Hasina boshqaruvidan so‘ng o‘tkazilgan dastlabki umumiy saylovda sezilarli ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Bundan ikki yil oldingi norozilik namoyishida 1 400 dan ortiq talaba va fuqaro halok bo‘lgani, Hasina esa olomonni zo‘rlik bilan bostirishga buyruq berganlikda ayblangan. Binobarin, sobiq yetakchi bu ayblovni inkor etgan.
Hozirgi voqea partiya yetakchisi, ko‘p yildan buyon Londonda yashab kelayotgan Tariq Rahmon uchun jiddiy burilish nuqtasi bo‘ldi. Saylovda fuqarolar yangi hukmron guruhni tanlash barobarida konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendumda ham qatnashdilar. Avami ligasi partiyasiga esa saylovda qatnashish man etilgan.
Hindiston vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, chunki Hasina aynan shu qo‘shni davlatga qochib o‘tgach, Bangladesh va Dehli o‘rtasidagi munosabat keskin sovudi.
Dakkadagi Jamoati Islomiy qarorgohida esa kayfiyat butunlay o‘zgargan. Avvaliga ular kechagacha hukumat tuzishga ishonch bildirgan edi. Endi esa bu manzilda jimjitlik va tushkunlik hukm surmoqda. Partiya hokimiyatda ustunlikni qo‘lga kirita olmaganiga qaramay, saylovda o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etishi kutilyapti.
Saida Abdulazizova, O‘zA