“BMW” kompaniyasi robotlarni ishga yolladi
“BMW“ kompaniyasi AQSHdagi zavodiga odamsimon robotlarni ”ishga yolladi”
Robotlar 20 kg.gacha yukni ko‘tara oladi va bir marta quvvatlanganda taxminan 5 soat xizmat qiladi, ular “Figure“ startapi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu kompaniyaning bosh direktori Brett Adkokning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda zavodda oz sonli robotlar bo‘ladi, lekin asta-sekin ularning soni ortadi.
Figure — inson shaklidagi robotlarni ishlab chiqaruvchi yosh kompaniya bo‘lib, 2023 yil mart oyida o‘zining birinchi Figure 01ni taqdim etdi. Uning bo‘yi 168 sm, vazni 60 kg.
Joriy yilning boshida kompaniya Figure 01, bitta ovozli buyruq bilan kofe tayyorlagani haqidagi videoni chiqargandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/95nlcqYO8ls?si=cSZiWQjkc7VVcPrx" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Shahnoza Toshtemirova, Nozimbek Mardonov O‘zA