Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTTD yashil energiya sohasida O‘zbekiston hududlaridagi mono-markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
21:13 / 2024-09-17

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) O‘zbekistonda energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishni, shu jumladan ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali faol qo‘llab-quvvatlaydi.

2024-yil avgust-sentyabr oyilarida 16 ta hududiy “Ishga Marhamat” monomarkazlariga quyosh panellari va quyosh isitgichlarini (quyosh kollektorlarini) o‘rnatish bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv jihozlari va o‘quv materiallari (taqdimotlar, o‘quv qo‘llanmalari va tarqatma materiallar), shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar uchun quyosh panellari va quyosh kollektorlarining maketlari taыdim etildi. Uskunalarni topshirish marosimlari Buxoro, Qarshi, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida joylashgan monomarkazlarda bo‘lib o‘tdi. Uskunalarni topshirish 2023-yil oktyabr-noyabr oylarida “Ishga Marhamat” monomarkazlari o‘qituvchilari (elektrik va santexnik-chilangarlar mutaxassisliklari bo‘yicha) uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlash bo‘yicha o‘tkazilgan treninglarning mantiqiy davomi bo‘ldi. 

Tadbirlar BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Global Ekologik Jamg‘armasi (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 yil 2023 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini amalga oshirishga qaratilgan.

Yiliga 300 ga yaqin quyoshli kun bo‘lgan O‘zbekistonda tekin toza quyosh energiyasidan foydalanish zarur. Bu, ayniqsa, an’anaviy elektr energiyasi har doim ham mavjud bo‘lmagan qishloq joylarida to‘g‘ri keladi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish ko‘plab infratuzilma masalalarini hal qilishi mumkin. BMTTD va hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari ushbu sohada malakali mutaxassislar yetishmovchiligini to‘ldirishga qaratilgan. Taqdim qilingan uskunalar ishtirokchilarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi, bu esa barqaror energiyani keng joriy etish va yashil ish o‘rinlarini yaratishga yanada hissa qo‘shadi.

BMTTD tomonidan hududiy “Ishga Marhamat” monomarkazlariga berilgan o‘quv jihozlari kelgusida monomarkaz xodimlariga mustaqil ravishda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. O‘quv kursi quyosh kollektori va quyosh panellarning ishlash tamoyillari, elektr ta’minotiga qo‘yiladigan talablar va ulardan foydalanish xavfsizligi, qayta zaryadlanuvchi batareyalarning xususiyatlari va boshqa ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar, jumladan, quyosh batareyalari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish va yig‘ish ko‘nikmalarini egallash uchun o‘quv modellari bilan ta’minlangan.

Eslatib utamiz, BMTTD “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi energiya samarador texnologiyalar va qurilish materiallarini kreditlash mexanizmini ishlab chiqish, sinab ko‘rish, keng ko‘lamda ommalashtirish vositasi orqali O‘zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan joylarda uy-joylar qurilishi sektorini yanada barqaror va past-uglerodli uylarni qurish yo‘liga o‘tkazishga qaratilgan. Bu esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholini past-uglerodli turar-joylarga bo‘lgan talabining o‘sishiga sezilarli darajada turtki beradi. Loyihaning maqsadi respublikamiz hududlari aholisini atrof-muhitga zarar keltirmaydigan yaxshilangan va arzon turmush sharoitlari bilan ta’minlashdan iborat.

O‘zA