English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning yubiley sessiyasi ochilmoqda
01:22 / 2020-09-16

BMT Ustaviga koʻra tashkilot oliy organi boʻlmish Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasi har yili sentyabr oyining uchinchi seshanbasida ochilishi belgilab qoʻyilgan.


BMT Ustaviga koʻra tashkilot oliy organi boʻlmish Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasi har yili sentyabr oyining uchinchi seshanbasida ochilishi belgilab qoʻyilgan. Shundan kelib chiqib, bugun Nyu York shahrida Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasi ochilishi kutilmoqda.

Bu yilgi sessiya avvalgilaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

1. Bu yubiley sessiya boʻlib, 75-bor oʻtkazilmoqda (joriy yilda BMT tashkil etilganiga ham 75 yil toʻldi). Pandemiya sababli sessiya masofaviy, yaʼni onlayn shaklda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2. Onlayn oʻtkazilayotgani sababli uning plenar majlislarida avvalgilardan koʻra koʻproq davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etishi kutilmoqda. Davlat rahbarlaridan faqat AQSH Prezidenti Donald Tramp tashkilotning Nyu York shahridagi qarorgohidan ishtirok etadi. Boshqa davlat rahbarlari masofaviy tarzda ishtirok etadilar va oʻz maʼruzalarini videokonferensiya shaklida oʻqib beradilar.

3. Bosh Assambleya 75-sessiyasiga ilk bor Turkiya vakili raislik qiladi.

4. Anjumanning asosiy tadbirlari 22-30-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Shu bir hafta ichida koʻplab davlat rahbarlari maʼruza bilan chiqish qiladi.

5. Anjuman kun tartibi 78 banddan iborat boʻlib, tashkilotni isloh qilishdan tortib, Suriya, Liviya va Yamandagi mintaqaviy mojarolargacha turli masalalarni qamrab oladi.

6. Koronavirusga qarshi kurash, vaksina egoizmiga yoʻl qoʻymaslik, sogʻlikni saqlash tizimini mustahkamlash, pandemiya sharoitida aholining nochor qatlamlarini himoya qilish kabi masalalar ham muhokamalar markazida boʻlishi kutilmoqda.

Qodir Joʻrayev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati