Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb-saytida ilk marotaba o‘zbek tilida ma’lumotlar joylandi
19:05 / 2021-05-28

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb saytida ingliz, rus, fransuz tillari bilan bir qatorda ilk marotaba o‘zbek tilida ham ma’lumotlar joylandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston hududida 2021 yili sinov tariqasida, 2023 yilda ommaviy aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirish belgilangan. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining tomonidan «Yevropa Statistiklar Konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari» o‘zbek tiliga tarjima qilindi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb saytida joylandi.