French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi moliyaviy markazini Budapeshtga ko‘chirmoqda
20:35 / 2023-02-21

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi o‘zining moliyaviy amaliyotlar markazini Budapeshtga ko‘chiradi, deya ma’lum qildi seshanba kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Jahon oziq-ovqat dasturining Rimdagi qarorgohida mazkur tashkilot ijrochi direktori Devid Bisli bilan kelishuv imzolangandan keyin.

“Budapeshtda BMT  Jahon oziq-ovqat dasturining global moliyaviy amaliyotlar markazi tashkil etiladi”, - dedi Peter Siyyarto. Uning aniqlik kiritishicha, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi Vengriya  poytaxtiga o‘tkaziladi. Yangi markazda 80 kishi ishlaydi, deyilmoqda xabarda.