Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakillari bilan uchrashuv
10:38 / 2025-03-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari U.Sharifxo‘jayev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining maslahatchisi Omer Fisher bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholining zaif qatlamlari huquqlarini himoya qilish, jumladan, gender va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish va yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha takliflar tinglandi hamda kelgusida hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA