Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMTning Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasi majlisida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi
11:29 / 2026-03-10

Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasi 69-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori o‘rinbosari Jobir Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.  

Sessiya doirasida dunyoda yuzaga kelayotgan narkovaziyat muhokama qilinib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi yangi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar bildirilmoqda.

Mazkur takliflar asosida kelgusida narkojinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro siyosat belgilanadi hamda xalqaro donorlar mablag‘lari ajratiladi.  

Tadbir doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi bir qator uchrashuvlar o‘tkazib, BMTning markaziy laboratoriyasini ko‘zdan kechirdi.

N.Abduraimova,

O‘zA