BMTda ham Navro‘z
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida Eron tashabbusi va an’anaviy ravishda ushbu bayramni nishonlaydigan mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari hamkorligida Navro‘z bayrami tantanasi o‘tkazildi, – deya xabar bergan “IRNA” axborot agentligi.
Tadbir ko‘plab davlatlar elchilari va diplomatlari, shuningdek Bosh Assambleya raisi ishtirokida kechdi.
2009-yil Navro‘z insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan, 2010-yil esa Eron tashabbusi bilan Bosh Assambleya a’zolari ushbu sanani Xalqaro kun sifatida e’lon qilgan.
Bolqon yarim oroli, Qora dengiz havzasi, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda uch yuz milliondan ziyod aholi uchun bu kun bahor shodiyonasi hisoblanadi.