Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT yoshlar rakursida (+video)
22:16 / 2026-02-17

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi BMT modeli forumi yoshlar tafakkuri, liderlik salohiyati va global qarashlarini bir maydonda jamladi.

Forumda 100 dan ortiq eng iqtidorli talaba va o‘quvchilar turli davlatlar delegatlari rolida global masalalarni muhokama qildilar. Ular xalqaro hamkorlik, barqaror taraqqiyot, ekologik barqarorlik, ijtimoiy adolat vatinchlik masalalarida o‘z qarashlarini qat’iy dalillar va diplomatik yondashuv asosida himoya qildilar.

Tadbir davomida qo‘mitalar kesimida olib borilgan muzokaralar qat’iy reglament asosida tashkil etildi. Rasmiy nutqlar, moderatsiyalangan debatlar, erkin munozaralar va rezolyutsiya loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari yoshlarning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi. Bu esa ularning nafaqat bugungi, balki ertangi professional faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratdi.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/9vk1VMsRYbM?si=XUJ79Z2k8wix0u4H" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gavhar Imomova, Muhammadsodiq Nuriddinov, 

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA