French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Yerga juda ko‘p asteroidlar xavf solayotgani haqda ogohlantirmoqda
16:53 / 2021-07-28

Insoniyat Yer orbitasini kesib o‘tuvchi yirik asteroidlar va kometalarning atigi 40 foizini biladi, xalos, hozirgacha bunday ob’ektlarning 25 mingtasi ma’lum, deyiladi BMTning koinot kengliklarini tinchlik maqsadlarda foydalanish qo‘mitasi huzuridagi ilmiy-texnik qo‘mitasi saytida e’lon qilingan hisobotda.

"Ma’lumotlarga ko‘ra, Yerga yaqinlashayotgan katta hajmdagi ob’ektlarning taxminan 40 foizi aniqlangan, xalos", — deyiladi hisobotda.

Hujjatda qayd etilishicha, 2020 yilda 40 dan ortiq mamlakatda joylashgan koinot observatoriyalarining butunjahon tarmog‘i asteroidlar va kometalarni kuzatgani  haqida qariyb  39,5 millionta ma’lumot to‘plangan. 2021 yil 17 aprel holati bo‘yicha olimlar Yerga yaqinlashayotgan 25 647 ta ob’ekt haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. 2020 yilning o‘zida 2 ming 959 ta shunday ob’ektlar topilgan. Hisobotda bu rekord darajada ekani aytilgan.  

Bundan avval Rossiya fanlar akademiyasining astranomiya instituti ilmiy rahbari Boris Shustov RIA Novostiga bergan intervyusida mutaxassislar kattaligi 100 metrdan ortiq bo‘lgan koinot jismlarining har o‘ntasidan bittasi haqda ma’lumotga ega ekanini aytgan edi.  

O‘zA