BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy yangi a’zolari saylandi
8 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Xavfsizlik kengashiga 2023-2024 yillar uchun beshta yangi nodoimiy a’zo-davlat saylandi.
Endi Yaponiya, Shveysariya, Ekvador, Malta va Mozambik ikki yil davomida BMT Xavfsizlik kengashi tarkibida faoliyat olib boradi.
Bu mamlakatlar joriy yil 31 dekabr kuni Xavfsizlik kengashidagi faoliyati tugaydigan Hindiston, Irlandiya, Meksika, Keniya va Norvegiya o‘rnini egallaydi.
BMT Xavfsizlik kengashi 15 a’zosidan beshtasi – Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya doimiy a’zo hisoblanadi. Qolgan nodoimiy vakillar esa ikki yil muddatga saylanadi.