BMT Xavfsizlik kengashida referendumlar ko‘rib chiqildi
Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Ukraina nazoratidagi hududlarda referendum o‘tkazishni qoralovchi rezolyutsiyasi loyihasiga veto qo‘ydi. Hujjat AQSH va Albaniya tomonidan tayyorlangan.
Rezolyutsiya loyihasini yoqlab Albaniya, Buyuk Britaniya, Gana, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH va Fransiya ovoz berdi.
Braziliya, Gabon, Hindiston va Xitoy betaraf qoldi.
Qaror loyihasida Ukraina hududlarida o‘tkazilgan “noqonuniy referendumlar” qoralanadi.
Oxir-oqibat rezolyutsiya loyihasi rad etildi.