Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik kengashi yana Armaniston bilan Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilmoqda
11:34 / 2022-09-15

BMT Xavfsizlik kengashi payshanba kuni yana Armaniston va Ozarbayjon chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qiladi, deyiladi Xavfsizlik kengashi majlisi dasturida.

Xabarda ta’kidlanishicha, muhokama o‘tkazish Armanistonning BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘llagandan keyin rejalashtirilgan.

Seshanba kuni tunda Armaniston bilan Ozarbayjon chegarasida otishma boshlanib ketdi. Rasmiy Yerevanning bayonot berishicha, chegara hududida joylashgan Gegarkunik, Vayotsdzor va Syunik viloyatlari o‘qqa tutilgan. Ushbu hududlarning Qorabog‘ga aloqasi yo‘q.

Baku esa arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegara hududida egallab turgan pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ta’kidlamoqda. Ikki tomon ham harbiylari orasida yo‘qotishlar bo‘lganini aytishmoqda.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ma’lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Ozarbayjon chegarasidagi otishmalarda 105 askarini yo‘qotgan.

Chorshanba kuni ertalab ikki mamlakat o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan. Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryanning mamlakat jamoatchilik televideniyasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, "Xalqaro tashkilotlarni jalb qilish natijasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan".

Avvalroq Armaniston mudofaa vazirligi o‘t ochish chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 to‘xtaganini ma’lum qilga edi.