French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik Kengashi Venesuela bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
16:45 / 2026-01-04

BMT Xavfsizlik Kengashi dushanba kuni AQSHning Venesuelaga qarshi operatsiyasi bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi, deb ma’lum qildi tashkilot rasmiylari.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Qo‘shma Shtatlar Venesuelaga qarshi operatsiya o‘tkazdi va prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasini Karakasda qo‘lga oldi. 

Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga narkoterrorizmni sodir etish, Qo‘shma Shtatlarga qarshi avtomatlar va portlovchi moslamalarni saqlash kabi bir nechta ayblovlar qo‘yilmoqda.

3 yanvar kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Venesuela kelajagi haqida nutq so‘zlagan Tramp o‘tish davri tugaguniga qadar Qo‘shma Shtatlar mamlakatni boshqarishini aytdi.

G.Sattorova, O‘zA