Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik kengashi KXDRning raketa sinovini qoraladi
10:57 / 2021-03-31

BMT Xavfsizlik kengashining aksariyat a’zolari seshanba kungi muhokamada yaqinda Shimoliy Koreya amalga oshirgan raketa sinovini qoraladi, deb xabar tarqatdi tashkilot manbaalari RIA Novostiga.

«Xavfsizlik kengashi a’zolarining ko‘pchiligi Shimoliy Koreyaning raketa sinovini qoraladi, chunki u BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasini buzadi hamda tinchlik va xalqaro xavfsizlikka tahdid soladi», - dedi tashkilot vakili.

Shu bilan birga, uning aytishicha, Kengashning barcha a’zolari Shimoliy Koreya muammosi bo‘yicha muzokaralar va muloqotlarni davom ettirishni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, uchrashuvning ayrim ishtirokchilari sanksiyalar KXDRdagi gumanitar vaziyatni izdan chiqarishini ta’kidlashgan.

Boshqa bir manbaalarda ta’kidlanishicha, a’zo mamlakatlarning aksariyati raketa sinovini qoralash barobarida, Koreya yarim oroli to‘liq, shaffof denuklearizatsiya qilinishi tarafdori ekanini ta’kidlashgan.