Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik kengashi KXDR raketa uchirgani sababli majlis o‘tkazadi
10:35 / 2023-02-20

KXDR muammosiga bag‘ishlangan majlis dushanba kuni soat 15:00 da boshlanadi, deya qayd etilgan Xavfsizlik kengashi majlisi dasturida.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida kuni kecha shimolliklar raketa uchirgani sababli BMT Xavfsizlik kengashidan navbatdan tashqari majlis o‘tkazishni so‘raganini ma’lum qilgandi.  

Shimoliy Koreya dushanba kuni ertalab g‘arbiy sohillaridan sharq tomonga ikkita raketa parvozini amalga oshirgan.

Birinchi raketaning parvoz balandligi 100 kilometrni, uzoqligi 400 kilometrni, ikkinchi raketaning parvozi esa tegishlicha 50 va 350 kilometrni tashkil etgan. Ikkala raketa ham Yaponiyaning iqtisodiy hududidan tashqariga qulab tushgan. Janubiy Koreya harbiylarining ma’lum qilishicha, ular yaqin masofaga uchadigan ballistik raketalar bo‘lgan.

Raketalar Pxyonan-Namdo provinsiyadan uchirilgani aytilmoqda.  

KXDR yangi yil boshlangandan buyon jami uchta raketa uchirdi, o‘tgan yili parvozlarning soni 37 taga yetgan edi.