Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Xavfsizlik kengashi 16 may kuni Isroil va G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qiladi
15:58 / 2021-05-14

Bu haqda AQSHning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ma’lum qilgan.

"BMT Xavfsizlik kengashi yakshanba kuni Isroil va G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashadi", - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Xabarda aytilishicha, majlis ochiq formatda bo‘lib o‘tadi. Unda Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha BMTning maxsus muvofiqlashtiruvchisi Tor Vennesland so‘zga chiqadi.

Avval boshda Xitoy, Tunis va Norvegiya BMT Xavfsizlik kengashida ochiq majlisni 14 mayda o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi, biroq ushbu sanaga AQSH ko‘nmadi va  18 mayda o‘tkazish taklifini bildirdi, natijada 16 mayda o‘tkazish  murosa varianti sifatida qabul qilindi.  

Falastin-Isroil mojarosiga barham berish masalasi shu haftaning ichida uchinchi bor muhokama etilmoqda.