Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT vakolatxonasi va “Zamin” fondi tomonidan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlangan Xalqaro forum o‘tkaziladi
15:37 / 2020-11-19

BMTning ixtisoslashgan muassasalari “Zamin” xalqaro jamoat fondining har yili 20 noyabrda nishonlanadigan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlangan veb-forum o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

2020-yilning 19-noyabrida Xalqaro veb-forum doirasida “Bolalarning ta’lim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar” mavzusida COVID-19 pandemiyasi sharoitida sifatli ta’limdan foydalanish va uni qamrab olish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari oldiga muqobil ta’lim dasturlarini joriy etishning dolzarbligi va imkoniyatlarini baholash vazifasi qo‘yilgan.

BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Моhamмад sessiya ishtirokchilari oldida nutq so‘zlaydi. Forumning yalpi majlisidagi xorijiy ishtirokchilar qatorida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Tatyana Valovaya, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Natalya German va YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Хан ham bor.

Tadbir video-konferensiya formatida o‘tkazilib, unda BMTning boshqa institutlari rahbarlari, xorijiy ekspertlar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, yoshlar tuzilmalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi.

Forum natijalariga ko‘ra yakuniy rezolyutsiya qabul qilinadi. Tadbir haqida batafsil ma’lumot www.childforum.uz rasmiy veb-saytida.

Ma’lumot uchun

Bolalarning farovonligini ta’minlash faoliyatiga bag‘ishlangan Jahon bolalar kuni 1954-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan.

1959-yil 20-noyabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani, 1989-yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi. 1990-yildan boshlab, Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni bilan bir qatorda ushbu ta’sis hujjatlar qabul qilingan kun ham nishonlanadi.

Inson huquqlari to‘g‘risidagi eng muhim shartnoma bo‘lgan Konvensiya bolalar huquqlari to‘plamini, shu jumladan yashash, sog‘liq, ta’lim olish, dam olish va bo‘sh vaqt o‘tkazish, ota-ona qaramog‘ida bo‘lish, fikr bildirish hamda zo‘ravonlik va kamsitishlardan himoya qilinish huquqlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu muhim kunning BMTga a’zo davlatlar tomonidan nishonlanishi, muloqot va faol harakatlar orqali dunyoda bola huquqlarini himoya qilish hamda bolalar uchun qulay muhitni rivojlantirish masalasiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish imkoniyatini beradi.