BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda BMTning turli institutlari tomonidan mamlakatimizda fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Bu borada Sudyalar oliy maktabida ham salmoqli ishlar qilinmoqda.
Tadbirda malakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida keyingi yillarda amalga oshirilgan va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham fikr yuritildi.
[gallery-18869]
Tadbirda ushbu masalalarning hal etilishida malakali sudyalarning hissasi katta ekani aytib o‘tildi. Zero, haq-huquqi buzilgan fuqarolarning muammosiga yechim izlab boradigan eng oxirgi manzili bu sud bo‘ladi. Shunday ekan, bu kabi jiddiy ishlarning o‘z yechimini topishida jamiyat bilimli sudyalar ko‘magiga doimo ehtiyoj sezadi.
BMTning maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal Sudyalar oliy maktabi tinglovchilarining xususiy mulkka oid huquqiy bilimlarini yuqori baholadi va aholini munosib turarjoy bilan ta’minlash, ularning haq-huquqlarini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA