Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT vakili O‘zbekistonning ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid tajribasini e’tirof etdi
10:30 / 2023-03-04

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Shaxrbanu Tadjbaxsh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari v.b. Fabio Piana ham ishtirok etdi.  

Suhbat davomida Ombudsman instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga o‘tkaziladigan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va jamoatchilik bilan ishlash faoliyati haqida ma’lumot berildi.  

Bola huquqlari bo‘yicha vakil ayollar va bolalarni qurolli mojarolar bo‘layotgan hududlardan vataniga qaytarish borasidagi O‘zbekiston tajribasiga alohida to‘xtaldi.  

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi O‘zbekistonning ushbu tajribasini e’tirof etar ekan, uni boshqa mamlakatlar uchun metodologiya ishlab chiqishda qo‘llash maqsadga muvofiqligini bildirdi.  

 

O‘zA