Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT vakili: Livanda xalqaro huquq buzilgan bo‘lishi mumkin
21:53 / 2024-09-21

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili juma kuni Livanda "Hizbulloh" ixtiyoridagi ko‘chma aloqa vositalari portlatilishi xalqaro huquq buzilishi va urush jinoyati bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Yuqori martabali rasmiy Isroil va G‘azo sektori hamda Livandagi guruhlar o‘rtasidagi keskinlashuv muqarrar ravishda keng mintaqaviy mojaro chiqarishi ehtimoli borligini ta’kidladi.

Seshanba va chorshanba kunlari Livan bo‘ylab tinch aholi bilan to‘la jamoat joylarida peyjerlar va ratsiyalar portlab, kamida 37 kishi halok bo‘ldi, 3000 dan ortiq odam jarohatlandi.

"Hizbulloh" darhol Isroilni zo‘ravonlikda aybladi, biroq Isroil hukumati hujumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermadi.

– Oddiy aholi orasida terror maqsadida zo‘ravonlik qilish urush jinoyatidir, – dedi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk. – Ushbu hujumlar urushning yangi rivojlanishini anglatadi. Aloqa vositalari bir vaqtning o‘zida bozorlar, ko‘chalar va uylarda kundalik hayotga rahna solib,  portlovchi qurolga aylandi.

U kengashga bunday harakatlar "norma bo‘lishi mumkin emasligi"ni aytdi va portlashlar bo‘yicha "mustaqil, chuqur va shaffof tergov" o‘tkazilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

– Ushbu hujumlarni buyurgan va amalga oshirganlar javobgarlikka tortilishi kerak, – dedi u. – Ochig‘ini aytsam, bu usul yangi va notanish bo‘lishi mumkin. Baribir, xalqaro gumanitar va inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar mustaqil amal qiladi va hurmat qilinishi shart, – dedi u.

BMT Bosh kotibining siyosiy va tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo so‘nggi payt kuchaygan Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro “shu paytgacha kuzatilgan vayronagarchilik va azob-uqubatdan ham kuchliroq yong‘inga aylanishi”dan xavotir bildirdi.

– Ko‘k chiziq bo‘ylab, deyarli, har kuni otishma, – dedi u, – G‘azo sektorida qon to‘kish davom etyapti. Bir yilga yaqin muddatda juda ko‘p odam halok bo‘ldi, ko‘chirildi. Juda ko‘p tirikchilik vositalari yo‘q qilindi.

– Bunday nojo‘ya ishdan chekinish uchun hali kech emas, – dedi u. – Hamon imkoniyat bor: kechikmasdan diplomatiyadan foydalanish kerak. Bosh kotib tomonlarni XK 1701-rezolyutsiyasini to‘liq bajarish bo‘yicha majburiyatini yangilash va zudlik bilan jangovar harakatni to‘xtatishga undamoqda.