French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT va JSST pandemiyani tabiatni shafqatsizlarcha yoʻq qilishning oqibati demoqda
11:23 / 2020-06-19

BMT va JSST mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi.


BMT va JSST mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Ularning taʼkidlashicha, dunyo bir necha oʻn yillar davomida ushbu haqiqatni inkor etib keldi. Yaqinda “The Guardian” gazetasida ana shunday maqola eʼlon qilindi.

Yovvoyi hayvonlar bilan noqonuniy savdo qilish, oʻrmonlarni kesib yuborish va tabiatga ziyon keltiradigan boshqa harakatlari bilan insoniyat koʻplab kasalliklarning paydo boʻlishiga zamin yaratmoqda. BMT va JSSTning fikricha, kelgusida tabiat dunyosini qoʻpol ravishda yoʻq qilish toʻxtatilmas ekan, yana-da xavfli kasalliklar paydo boʻlishi mumkin.

Iyunning boshida BMTning ekologiya sektori ekspertlari Covid-19 “insoniyatdan soʻralayotgan yordam” signali ekanini taʼkidlashgan edi. Ekspertlarning taʼkidlashicha, hozirgi iqtisodiy fikrlash natijasida odamlar insoniyat boyligi sogʻlom tabiatga bogʻliq ekanini tushunib yetmayapti. Hayvonlardan insonlarga oʻtadigan kasalliklarning asosiy sababi tabiatni yoʻq qilish, qishloq xoʻjaligi va chorvachilikni keskin rivojlantirish, shuningdek kasallik yuqtirish ehtimoli yuqori boʻlgan yovvoyi hayvonlar savdosi bilan shugʻullanish va ularni isteʼmol qilish hisoblanadi.

BMT va JSST mamlakatlarni tabiatni yoʻq qilishning hamda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi va isteʼmolining oldini oladigan qonunlarni qabul qilishga chaqirdi.