French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻqituvchilar ulardan nima kutishayotganini anglab sinfga kiradi
11:53 / 2020-06-19

Singapur “PISA – 2015” tadqiqotida eng yuqori natijalarni namoyish qilgandi.

Xalqaro tajriba 

Singapur “PISA – 2015” tadqiqotida eng yuqori natijalarni namoyish qilgandi. Olti millionga yaqin aholisi bor bu shahar davlat taʼlim tizimining rivojlanish darajasi dunyo xalqlarini lol qoldirdi.

Singapur muvaffaqiyatga olib boradigan yoʻlni juda quyi darajadan boshladi. 1965-yilda mustaqillikni qoʻlga kiritgan, qazilma boyligi deyarli yoʻq, aholisi savodsiz Singapur oʻta qashshoq mamlakat boʻlgan. Maktab va kollejlari kam, iqtisodiyoti rivojlanmagan, ishchi kuchi malakasiz edi.

Ammo 50 yildan keyin Singapur yetakchi Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerika va Osiyodagi raqiblarini quvib oʻtib, xalqaro reytinglar choʻqqisini egalladi va bir inson umridan kam muddat ichida “uchinchi” dunyodan “birinchi” dunyoga ulkan sakrashni amalga oshirdi.

Xoʻsh, muvaffaqiyat kaliti qayerda?

Singapurning muvaffaqiyati tasodifiy yoki noyob hodisa emas, u jadallashtirilgan iqtisodiyotni qurishning asosi sifatida taʼlimdan ongli ravishda foydalanish istagidan kelib chiqib erishilgan muvaffaqiyatdir.

Katta hududlarni egallagan, ancha-muncha obroʻli qoʻshnilar oldida hech qanday tabiiy resurslari boʻlmagan Singapur bilimli aholi – bu eng qimmatli ustunlikdir, degan qarorga keldi. Taʼlim yosh mamlakatning asosiga aylandi. Mustaqillikni qoʻlga kiritganida Singapur ogʻir kunlarni boshidan kechirar, u paytlarda taʼlim chet ellik ishlab chiqaruvchilarni mamlakatga jalb etish uchun ishchilar tayyorlashga moʻljallangan edi.

Yagona taʼlim tizimi oʻrnatilgan, koʻplab oʻqituvchi yollash, maktablar qurish va darsliklar chop etish boshlangandi. Oʻn yildan soʻng hamma bolalar boshlangʻich taʼlimga ega boʻldi. 1970-yilga kelib esa oʻqishni istagan har bir bola uchun oʻrta maktabda oʻqish imkoni yaratildi.

Taʼlim standartlari u qadar yuqori emas va bu holat 1970-yillar oxirida Singapur omon qolish yoqasidan samaradorlikka yuz tutgan industrial rivojlanishning keyingi bosqichiga oʻtgan davrda koʻrib chiqildi. Past malaka va past ish haqidan jahon texnologiya liderlarini jalb qilishi kerak boʻlgan yuqori malakali ishchi kuchiga oʻtishga kirishilgan edi. Iqtisodiyotdagi bu yutuqqa butun taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqish va kasbiy taʼlimga yangi taʼlim dasturi va yangi taʼlim yoʻnalishlarini kiritish bilan erishildi. 1990-yillarning boshlarida kasbiy tayyorgarlik maqomini oshirish va oliy taʼlimdan qolishmaydigan taʼlim berish uchun texnik taʼlim instituti ochildi.

1990-yillarning oxirida xalqaro miqyosda raqobatga kirishish uchun mamlakatni yuqori malakali ishchi kuchi talab qilinadigan bilimlar iqtisodiyotiga oʻtishga tayyorlash maqsadida tizim qaytadan yaxshilandi. Yanada chuqurroq va samaraliroq bilim berish gʻoyasi “Kamroq dars berish, koʻproq oʻrgatish” kampaniyasi timsolida mujassamlashdi. "Fikrlaydigan maktab – oʻrganuvchi aholi” kampaniyasi esa mamlakat bosh vaziri Li Syanlunga tegishli edi.

Bu oʻzgarishlar negizida taʼlimni rivojlantirish nihoyatda muhim ekaniga ishonch bor boʻlib, oʻn yillab davom etgan, jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan, tegishlicha moliyalashtirilgan tizimli jarayon edi. 2010-yilda butun davlat xarajatlarining 20 foizini taʼlimga ajratilgan sarf-xarajatlar tashkil etib, bundan koʻproq ulush mudofaaga ajratilgan edi. Milliy gʻurur prizmasi orqali qabul qilingan taʼlim xarajatlari iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning tarkibiy qismi boʻldi.

Taʼlimning iqtisodiyot hamda ish beruvchilarning talab va ehtiyojlari bilan bogʻliqligi yagona iqtisodiy siyosat bilan oʻzaro uygʻun holda yuqori darajada rivojlanayotgan tizimning oʻziga xos xususiyatidir. Bugungi kunda Singapurda maktab va oʻquvchilar erishishi lozim boʻlgan aniq maqsadlar, oʻta jiddiy imtihon olish madaniyati va yuksak taʼlim standartlari mavjud.

Oʻqituvchilar hamisha Singapur muvaffaqiyatining omili hisoblangan. Singapur oʻqituvchilarning yuqori malakasi va ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlab, ularni eng yaxshi bitiruvchilar orasidan ishga olishni amalda sinab koʻra boshladi.

Bundan tashqari, oʻqituvchilar malakasini bir maromda saqlab turishga katta eʼtibor berildi, ular oʻz kompetensiyalarini muntazam faollashtirib borishi zarur. Oʻqituvchilarning kasbiy yuksalishga intilishini nazarda tutib, malaka oshirish uchun har yili yuz soat ajratiladi. Barcha pedagoglarni bitta tashkilot tayyorlaydi, shuningdek, hamma oʻqituvchilar aynan bir konveyerdan chiqqan va standartlarga mos keladi. Oʻqituvchilarni shunday tayinlashadiki, har bir maktab teng miqdorda yaxshi oʻqituvchiga ega boʻladi, bu oʻqituvchilar ulardan nima kutishayotganini anglab sinfga kiradi, oʻz navbatida, yuqori maqomga va jamiyat eʼtirofiga sazovor boʻladi.

Singapur tarixi baxtli kelajakka umid bogʻlayotgan kichkina qashshoq davlat sifatida boshlanadi. Bu mamlakat qisqa muddatda taʼlimda naqadar koʻp narsani oʻzgartirish mumkinligini isbotladi. Taʼlim standartlari sifatini oshirish yoʻli bilan globallashuvdan yaxshiroq foydalanish va uning qurboniga aylanmaslikning uddasidan chiqdi.

Dilshoda NORBOYEVA,

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi

vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari.