Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Ukrainani harbiy asirlarga nisbatan Jeneva konvensiyasiga amal qilishga chaqirdi
11:29 / 2022-03-29

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bergan bayonotida, u Ukrainada rossiyalik asirlar qiynoqqa solinayotgani bo‘yicha videokabrlarni ko‘rmaganini, lekin harbiy asirlarga nisbatan Jeneva konvensiyasiga amal qilish muhim ekanini alohida ta’kidlagan.

Bundan avvalroq rossiyalik harbiy asirning oyog‘iga o‘q uzishgani bo‘yicha internetda videokadrlar paydo bo‘lgan edi. Aniqlanishicha, bu voqea Xarkov viloyatida ukrainalik harbiylarning bazalaridan birida yuz bergan.

"Biz ushbu videoni ko‘rganimiz yo‘q, lekin baribir, barcha harbiy asirlar bilan Jeneva konvensiyasiga amal qilingan holda munosabatda bo‘linishi kerak", – dedi Dyujarrik.