Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha murosaga erishish qarorini kechiktirmaslik zarur
10:33 / 2022-03-20

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina tegrasidagi ziddiyatga yechim bo‘yicha ayrim alomatlar paydo bo‘layotgani haqida fikr bildirdi. U tomonlar jarayonni zudlik bilan jadallashtirishi lozim, deb hisoblaydi. “RBK” xabariga ko‘ra, Guterrish BMTdagi chiqishi davomida: “Tomonlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, hal qiluvchi bir necha masalalar bo‘yicha diplomatik progress alomatlari sezilmoqda.

Hozirning o‘zidayoq o‘q otishni to‘xtatish va jiddiy muzokaraga kirishish uchun mavzular yetarlicha”, deb ta’kidlagan. Uning ta’kidlashicha, ziddiyat muzokaralar bilan yakunlanadi va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha tomonlar baribir muzokaralar stoliga o‘tiradi, shuning uchun murosaga erishish bo‘yicha qarorni kechiktirmaslik zarur.