Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Ukrainadagi inqiroz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini ham pasaytirib yuborishi mumkin
13:08 / 2022-04-09

Ukrainadagi mojaro oziq-ovqat xavfsizligini va aholini yoqilg‘i bilan ta’minlash masalasini keskinlashtirib yubordi. Shu bois dunyo bo‘yicha qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasayib ketishi mumkin, deb bayonot berdi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuy.

"Uch yildan buyon COVID-19 pandemiyasi hayotimizga, sog‘lig‘imizga va iqtisodiyotimizga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Pandemiya ayniqsa, aholining kambag‘al qatlamini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Ular oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshib ketganidan katta zarar ko‘rmoqda", - dedi u FAO majlisida so‘zga chiqib.
Syuy Dun’yuyning ma’lum qilishicha, mart oyida oziq-ovqat narxlari FAO indeksi bo‘yicha 12,6 foizga qimmatlashgan. Ayniqsa bug‘doy va o‘simlik yog‘i narxlarida sezilardi qimmatlashuv kuzatilmoqda.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi to‘yib ovqatlana olmaydigan odamlar sonining ham ortishiga sabab bo‘ladi. Bu ahvol  2022 yilda yaqqol kuzatiladi. “Rossiya va Ukraina agrosanoati mahsulotlarining jahon bozoriga chiqishidagi uzilishlar dunyo miqyosida oziq-ovqat tizimiga salbiy ta’sir qiladi”,  deydi Syuy Dun’yuy.